Maxfiylik siyosati
Ushbu hujjat "IN TECH AVTO" MChJ (bundan keyin — biz) tomonidan ishlab chiqilgan AvtoNet mobil ilovasi foydalanuvchilar haqida qanday ma'lumot yig'ishini, uni nima uchun ishlatishini va qancha muddat saqlashini tushuntiradi.
Ilovadan foydalanish orqali siz shu siyosatga rozilik bildirasiz.
1. Biz kimmiz
| Tashkilot | "IN TECH AVTO" mas'uliyati cheklangan jamiyat |
| STIR | 313282212 |
| Manzil | Namangan viloyati, Bog' MFY, Abu Rayhon Beruniy ko'chasi, 71-uy |
| Elektron pochta | avtonet2026@gmail.com |
| Telefon | +998 50 195 33 56 |
2. Qanday ma'lumot yig'amiz
Ilovaga kirish telefon raqami va SMS orqali yuboriladigan bir martalik kod bilan amalga oshiriladi. Parol ishlatilmaydi.
Barcha foydalanuvchilar
- Telefon raqami
- Ism va familiya
- Ilova ichidagi identifikator
- Ro'yxatdan o'tgan sana va tanlangan rol
Yo'lovchi
- Buyurtma berilgan joyning koordinatasi, tuman va viloyat
- Xizmat turi, narx, buyurtma holati va vaqtlari
- Shaharlararo buyurtmada: yo'nalish, o'rinlar soni, jo'nash vaqti
- Telefonda saqlanadi: ism va telefon (tez kirish uchun), oxirgi buyurtmalar ro'yxati
Haydovchi
- Avtomobil rusumi va davlat raqami, faoliyat turi, xizmat sinfi
- Texnik ko'rik sanasi va natijasi
- Obuna muddati va to'lov yozuvlari
- Ishlash tumani
- Bildirishnoma yuborish uchun qurilma tokeni
- Qidiruv yoqilgan paytdagi joriy joylashuv
Shoxobcha egasi
- Shoxobcha nomi, joylashuvi, ish vaqti
- Yoqilg'i turlari va ularning mavjudligi, ko'rsatiladigan xizmatlar
- Qo'shimcha aloqa raqami (ixtiyoriy)
Ilova hujjat va rasm yig'maydi. Pasport, haydovchilik guvohnomasi, texnik pasport yoki boshqa hujjat nusxasi ilovaga yuklanmaydi. Kamera va galereyaga ruxsat so'ralmaydi. Haydovchining texnik ko'rigi jismonan o'tkaziladi, ilovada faqat natija saqlanadi.
3. Joylashuv ma'lumoti
Ilova xizmat ko'rsatish uchun aniq joylashuvdan foydalanadi.
| Kim | Qachon va nima uchun |
|---|---|
| Yo'lovchi | Asosiy ekran ochiq bo'lganda joylashuv aniqlanadi — yaqin haydovchilarni ko'rsatish uchun. Serverga faqat buyurtma berilganda, olib ketish nuqtasi sifatida yoziladi. |
| Haydovchi | Qidiruv yoqilgan paytda joriy joylashuv serverga uzatiladi — yaqin buyurtmalarni topish va yo'lovchiga haydovchi qayerdaligini ko'rsatish uchun. |
| Shoxobcha egasi | Shoxobcha joyini xaritada bir marta belgilaganda. |
Ilova fonda ham joylashuvni oladi. Siz ilovadan chiqmagan, lekin boshqa ilovaga o'tgan yoki ekranni o'chirgan holda ham GPS ishlashda davom etadi. Bu buyurtma davomida aloqani uzmaslik uchun kerak.
Bunday paytda telefoningizda "AvtoNet — GPS faol" degan doimiy bildirishnoma turadi. Uni ko'rib, joylashuv olinayotganini bilasiz. GPS ni to'xtatish uchun ilovani butunlay yoping yoki tizim sozlamalaridan joylashuv ruxsatini o'chiring.
Safar davomidagi yo'l izi (marshrut) serverga yozilmaydi. Faqat yakuniy masofa saqlanadi.
4. Qurilma ma'lumoti
- Qurilma identifikatori — ilova o'zi yaratadigan tasodifiy belgi. Telefonning IMEI raqami, Android ID yoki reklama identifikatori emas. Taksometrni bir vaqtda ikki qurilmadan yuritishning oldini olish uchun ishlatiladi.
- Bildirishnoma tokeni — haydovchilarga yangi buyurtma haqida xabar yuborish uchun.
- Xatolik hisobotlari — ilova qulaganda Google Crashlytics xizmatiga texnik ma'lumot yuboriladi: qurilma modeli, Android versiyasi, ilova versiyasi, xotira holati. Bu hisobotlarga ismingiz yoki telefon raqamingiz qo'shilmaydi.
Ilova reklama tarmoqlariga ulanmagan va foydalanuvchi xatti-harakatini reklama maqsadida kuzatmaydi.
5. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
- Buyurtmani qabul qilish va haydovchi bilan bog'lash
- Yo'lovchi va haydovchining bir-biriga qo'ng'iroq qila olishi
- Masofa va narxni hisoblash
- Haydovchi obunasi va to'lovlarini yuritish
- Xizmat sifatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarga chora ko'rish
- Ilovadagi xatolarni topish va tuzatish
6. Ma'lumot kimga ko'rinadi
Buyurtma jarayonida tomonlar bir-birining ma'lumotini ko'radi:
- Haydovchi yo'lovchining ismi, telefoni va olib ketish nuqtasini ko'radi
- Yo'lovchi haydovchining ismi, telefoni, avtomobili va davlat raqamini ko'radi
- Haydovchilar shoxobchalarning nomi, joylashuvi va yoqilg'i holatini ko'radi
- Tuman va viloyat ma'murlari o'z hududidagi haydovchi va shoxobcha ma'lumotlarini ko'radi
7. Uchinchi tomon xizmatlari
Ilova quyidagi xizmatlardan foydalanadi. Ularga faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur ma'lumot uzatiladi:
| Xizmat | Nima uzatiladi |
|---|---|
| Google Firebase | Yuqorida sanab o'tilgan ma'lumotlar. Serverlar Singapurda joylashgan. |
| Google Maps | Xarita so'rovlari va ko'rsatilayotgan hudud |
| Google Crashlytics | Xatolik hisobotlari va texnik ma'lumot |
| Google Play Services | SMS kodini avtomatik to'ldirish |
| Eskiz.uz | Telefon raqami va tasdiqlash kodi — SMS yuborish uchun |
| Payme | Haydovchi obuna to'lovi: telefon raqami, summa va to'lov identifikatori. Karta ma'lumotlari ilovaga ham, bizning serverimizga ham tushmaydi — ularni siz Payme sahifasida kiritasiz. |
| OpenStreetMap Nominatim | Koordinata — qaysi tuman va viloyatga tegishli ekanini aniqlash uchun. So'rov bizning serverimizdan yuboriladi. |
Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
8. Ma'lumot qancha saqlanadi
- Hisob ma'lumotlari — siz hisobni o'chirmaguningizcha.
- Buyurtmalar tarixi — yakunlangan buyurtmalar arxivga o'tkaziladi va saqlanadi. Bu nizolarni hal qilish va hisobot uchun kerak.
- SMS tasdiqlash kodi — kodning o'zi saqlanmaydi, faqat uning shifrlangan izi. Muvaffaqiyatli kirishdan keyin darhol o'chiriladi. Kod 3 daqiqadan keyin kuchini yo'qotadi.
- Haydovchining joylashuvi — ilova bilan aloqa uzilganda o'chiriladi. 120 soniyadan eski yozuv hisobga olinmaydi.
- To'lov yozuvlari — buxgalteriya talablariga muvofiq saqlanadi.
9. Hisobni o'chirish
Ilova menyusidagi "Hisobni o'chirish" bo'limi orqali hisobingizni istalgan paytda o'chirishingiz mumkin.
O'chirilganda:
- Hisobingiz, ism-familiyangiz, haydovchi yoki shoxobcha ma'lumotlaringiz o'chiriladi
- Buyurtmalar tarixidagi ismingiz, telefoningiz va avtomobil raqamingiz olib tashlanadi — yozuvning o'zi anonim holda qoladi
- To'lov yozuvlari qonuniy talab sifatida saqlanib qoladi
- Telefon raqamingiz alohida ro'yxatda saqlanadi — bu hisobni o'chirib, qayta ro'yxatdan o'tish orqali cheklovlardan qochishning oldini oladi
Ma'lumotingiz nusxasini olish yoki uni to'liq o'chirishni so'rash uchun avtonet2026@gmail.com ga murojaat qiling. Murojaatlarga 30 kun ichida javob beramiz.
10. Ilova so'raydigan ruxsatlar
| Ruxsat | Nima uchun |
|---|---|
| Joylashuv | Buyurtma nuqtasini aniqlash, haydovchi va yo'lovchini bog'lash, masofani hisoblash |
| Fonda ishlash | Ilova ochiq turgan paytda GPS uzilib qolmasligi uchun |
| Bildirishnomalar | Yangi buyurtma va safar holati haqida xabar berish |
| Internet | Server bilan aloqa |
Ilova SMS o'qish, kamera, galereya, kontaktlar va mikrofon ruxsatlarini so'ramaydi. SMS kodini avtomatik to'ldirish Android'ning maxsus imkoniyati orqali, SMS o'qish ruxsatisiz ishlaydi — ilova faqat o'ziga yuborilgan kodli xabarni ko'radi.
11. Xavfsizlik
Ma'lumotlar Google Firebase infratuzilmasida saqlanadi va uzatishda shifrlanadi. Har bir foydalanuvchi faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'ra va o'zgartira oladi — bu server tomonidagi qoidalar bilan ta'minlanadi.
Shunga qaramay, internetda ma'lumot uzatishning mutlaq xavfsiz usuli mavjud emasligini ta'kidlaymiz.
12. Bolalar
Ilova 18 yoshga to'lmagan shaxslar uchun mo'ljallanmagan. Agar bola ma'lumoti bizga bilmasdan tushganini aniqlasak, uni o'chiramiz.
13. Siyosatga o'zgartirishlar
Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Jiddiy o'zgarish bo'lsa, ilova orqali xabar beramiz. Sahifaning yuqorisida oxirgi yangilanish sanasi ko'rsatilgan.
14. Bog'lanish
Maxfiylik bo'yicha savol va murojaatlar uchun:
| Elektron pochta | avtonet2026@gmail.com |
| Telefon | +998 50 195 33 56 |
| Pochta manzili | Namangan viloyati, Bog' MFY, Abu Rayhon Beruniy ko'chasi, 71-uy |